Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilarimizdan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oldi
20:56 / 2023-06-25

Qozog‘istonda “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Yoshlar ishtirokida 17-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi. 

Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat 43 jamoa vakillari harbiylashgan estafeta, arqon tortish, qurolni noto‘liq holda sochib-yig‘ish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish, pnevmatik miltiqda o‘q otish, turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra Qozog‘iston terma jamoasi 1- o‘rinni, O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rinni, Ozarbayjon terma jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA