Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻquvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi
12:09 / 2026-01-12

Joriy yilning 11 yanvar kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan abituriyentlardan 20 nafari salomatligi yomonlashgani sababli zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Viloyat hokimining tezkor topshirig‘iga ko‘ra, sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ishtirokida ishchi guruh tuzilgan va hodisa joyiga yetib borilgan. Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan. 

Ko‘rilgan tibbiy chora-tadbirlar natijasida barcha 20 nafar bemorning ahvoli yaxshilangan. Ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berilgan. Har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirilgan. 

Bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan. Ekspertiza natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.