French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilarga saylov to‘g‘risida tushuncha va ma’lumot berildi
19:33 / 2024-10-24

Joriy yilning 27 oktyabr kuni parlament va mahalliy Kengashlar deputatlik saylovlari yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tayotgani bilan ahamiyatlidir. Farg‘ona viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan professional ta’lim muassasalaridagi tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan saylov qonunchiligidagi yangiliklarga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilgi saylovlar “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida yangicha shakl va mazmunda tashkil etilayotgani, aralash saylov tizimining xususiyatlari, ovoz berish tartibi, saylovlarning mamlakat rivoji va xalqimiz farovonligida tutgan o‘rni borasida fikr-mulohazalar aytildi. 

– Bugungi suhbat davomida ko‘plab qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Men birinchi bor saylovda qatnashayapman. Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ovoz berish qanchalik muhim va hayajonli ekanini his qilayapman, – deydi Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi O‘g‘iloy Meliqo‘ziyeva.

Pedagogik jamoa va o‘quvchi-yoshlarga aralash saylov tizimi, bu yilgi saylovlarda Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati, avvalgidek, majoritar saylov tizimi asosida, qolgan 75 nafar deputat yangi proporsional saylov tizimi asosida saylanishi, unga ko‘ra saylovchilar byulletenda ko‘rsatilgan partiyalarga ovoz berishi, shundan kelib chiqib, saylov byulletenlarining shakli, alohida rangda bo‘lishi xususida ham tushunchalar berildi. 

Shuningdek, bir qator ta’lim muassasalarida “Men saylovga tayyorman” shiori ostida insholar tanlovi ham o‘tkazildi. Tanlovda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

M.Sulaymonov, O‘zA