O‘quvchilarga “Qizil kitob”lar tarqatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun 40 000 nusxada “Qizil kitob” chop ettirildi.
Xususan, Buxoro viloyatiga 2 000 nusxa ana shunday kitoblar yetkazib berildi. Bundan maqsad yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatishdir.
Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga yangi tahrirdagi O‘zbekiston “Qizil kitob”i to‘plami topshirildi. O‘quvchilarda qo‘llanmadagi hayvonot va o‘simliklar olami katta qiziqish uyg‘otdi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri