Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar yozgi ta’tilda to‘garaklarga jalb etiladi
11:30 / 2025-05-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabi “Diyxan obod” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan bo‘lib, joriy o‘quv yilida ta’lim maskanida jami 125 nafar o‘g‘il-qiz bilim oldi.

Maktab jamoasi so‘nggi yillar mobaynida “Ochiq byudjet” portali tanlovida qatnashib, g‘olib sifatida qator loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan,  maktab hududida zamonaviy futbol, basketbol, voleybol sport maydonchalari qurildi, dars jarayoniga zarur yangi interaktiv doskalar va kompyuter uskunalari xarid qilindi. Bu mashg‘ulotlarni yanada sifatli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

[gallery-23518]

Shu kunlarda maskanda o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash uchun qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Hozirda maktabda faoliyat yuritayotgan stol tennisi, futbol, shaxmat va shashka, basketbol, voleybol, tasviriy san’at, chevar qo‘llar, yosh kitobxon kabi to‘garaklarga yozgi ta’tilda bolalar qamrovini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/S5-WNo89ON8?si=QdvmnVGm4QVsIS47" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA