French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar viloyat sudi faoliyati bilan tanishdi
14:36 / 2025-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Samarqand viloyat sudida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi o‘quvchilari viloyat sudi va sudyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

O‘quvchilar sudyalar va ularning yordamchilarining kundalik ishlari, sud ishlarini tayyorlash va o‘tkazish jarayonlari bilan qiziqdi, ularga bu borada zarur ma’lumotlar berildi, ochiq sud majlisida tomoshabin sifatida qatnashdi.

Viloyat sudi raisi o‘rinbosari Xurshid Tursunov, viloyat sudi sudyalari Feruz Karimov va Xurshid Ravshanov sud-huquq sohasida ishlash katta sharaf bo‘lishi bilan birga ulkan mas’uliyat talab qilishini, buning uchun kuchli bilim, kasbga sadoqat, fidoiylik talab qilinishini ta’kidladilar. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va o‘tgan davr mobaynida unga kiritilgan o‘zgarishlar, ayni paytda amalda bo‘lgan Bosh qomusning yangi tahriri, undagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Samarqand viloyat sudi tomonidan shu kabi tadbirlar ta’lim muassasalari, mahallalarda ham o‘tkazilmoqda.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari