O‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda istiqboldagi rejalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari bayon etildi. Unda ta’kidlanganidek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va intilishini yuzaga chiqarish uchun yagona vertikal tizim joriy etiladi.
Shu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
O‘zA