Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar sifatli ta’lim olmoqda
07:18 / 2023-03-01

FOTOREPORTAJ

Qarshi tumani Yangi Batosh mahallasidagi yangi faoliyat boshlagan 71-umumta’lim maktabi 660 o‘ringa mo‘ljallangan.  

Ta’lim maskani sinfxonalari, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari zamonaviy jihozlangan. Ochiq va yopiq sport maydonchalari o‘quvchilar ixtiyorida.  

[gallery-10747]

Maktabda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish kabi jarayonlar uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.

 

A’lo ABDULLAEV(surat),O‘zA