Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar shaxmat musobaqasida bellashdi
11:32 / 2025-01-04

Andijonda “Kreativ ta’til” loyihasi doirasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Aql gimnastikasi hisoblangan shaxmat o‘yini bolalarning intellektual salohiyatini, mantiqiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.  

O‘quvchi yoshlarning ana shu yo‘nalishdagi bilim, mahorat va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shaxmatning ommaviyligini oshirish, qolaversa, qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, viloyat shaxmat federatsiyasi hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti viloyati bo‘limi hamkorligida “Kreativ ta’til” loyihasi doirasida “UzChessKids” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.  

[gallery-21142]

Musobaqalarda shaxmatga qiziquvchi, 7 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ziyod o‘quvchi turli yosh toifalarida ishtirok etib, o‘zlarining bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.  

– Ushbu musobaqa yaqin kunlarda o‘tkaziladigan respublika chempionati oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tadi, – deydi musobaqa g‘oliblaridan biri Muzaffar Tojiboyev. – Musobaqada o‘z imkoniyatlarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazdik, ustozlarimizdan zarur tavsiya va maslahatlar oldik. Eng asosiysi shaxmatga qiziqadigan ko‘plab yangi do‘stlar orttirdik.  

Shaxmat musobaqasining g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (foto),  

O‘zA muxbirlari