Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘quvchilariga pul sertifikatlari topshirildi.
Bu haqida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Axborot xizmati ma’lum qildi.
2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida Buxoro neft va gaz sanoati kollejining 15 nafar o‘quvchisiga 10 million so‘m miqdoridagi naqd pul topshirildi. Shuningdek, ularning 8 nafariga kollejdagi ta’lim kontrakti to‘lab berildi.

Tadbir doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bakalavr va Buxoro neft va gaz sanoati kolleji bitiruvchilarining diplom ishlari himoyasi ham bo‘lib o‘tdi.


Himoya natijalariga ko‘ra, zavod mutaxassislari talabalar bitiruv ishlarini ijobiy baholadi. Neft va gaz sanoatining oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi ijtimoiy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Zarif Komilov, O‘zA