Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar o‘rtasidagi muammolarni yechishda “otalar” o‘rni muhokama qilindi
19:16 / 2024-02-01

Joriy yilning 1 fevral kuni Sergeli tumani 266-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Otalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelayotgan muammolarni otalar bilan hamkorlikda hal qilish ijobiy samaradorligi muhokama qilindi. Maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga har bir o‘quvchi va ota-onalar rioya qilish kerakligi ta’kidlandi. Farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish lozimligi haqida barcha otalar ogohlantirildi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, yuqori sinflarda eng namunali o‘quvchilarning otalari tashakkurnomalar hamda maktabning "Vatan tayanchi" harbiy otryadi a’zolari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. 

Yig‘ilishda Sergeli tumani “Birdamlik” va “Shukrona” mahallalari "Nuroniylar kengashi" a’zolari, IIB xodimlari ishtirok etishdi.