Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar miriqib hordiq chiqarmoqda
16:47 / 2023-07-27

Bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oromgohlarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni namoyish etish maqsadida Navoiy viloyatida ilk bor beshta yo‘nalishda “Departament kubogi” videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yil yoz mavsumida Navoiy viloyatida 18  oromgoh, shundan 11 statsionar, 5 kunduzgi, 2 mehnat va dam olish oromgohlari faoliyat olib bormoqda. Ularda jami 17 ming nafarga yaqin bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Shu kunga qadar statsionar oromgohlarda uch navbatda 10 ming 943 nafar bola qabul qilindi.  

Viloyatda departament qoshida mavsum davomida ishlaydigan hududiy shtab tuzilib bolalarning oromgohlarga qabul qilinishi, mavsumning borishi to‘g‘risida kunlik ma’lumotlar yuritilmoqda. Oromgohlar va ularning atrofida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari, viloyat qo‘riqlash boshqarmasi bo‘linmalari xodimlari, bolalar salomatligini ta’minlash va nazorat qilish maqsadida viloyat Sanitariya epidemologiya va jamoat salomatligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan.  

Barcha oromgohlarga bolalar avtobuslarda, yo‘l-patrul xodimlari kuzatuvi ostida olib borilib, olib kelinmoqda. Biriktirilgan sanitariya shifokori tomonidan oromgoh hududi, yotoqxonalar, cho‘milish havzasi, yuvinish joylari, sport maydonlari, oshxona va omborxonalarning sanitariya holati, sanitariya va gigiyena talablariga amal qilinishi to‘la nazoratga olingan.  

Oromgohlarda bolalarning mazmunli dam olishlari uchun turli sport musobaqalari va har xil turdagi to‘garaklar tashkil qilingan.  

Tohir Abdurahmonov,  

Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini 

tashkil etish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  

O‘zA