Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar kasb-hunar o‘rgatmoqda
10:50 / 2023-04-24

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Baxtli maktab" loyihasi tashkil etilgan. Ushbu loyiha doirasida 60 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar sartaroshlik, tikuvchilik, milliy taomlar oshpazi, elektr payvandchi va santexnik, kompyuter operatori va robotexnika, elektrik kabi kasblar bilan darsdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ulllanib kelmoqda.

Ta’lim dargohida yoshlarning zamonaviy bilim egallashlari bilan birga kasb-hunar o‘rganishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Loyihaning maqsadi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilasi bilan munosabatini yaxshilash, kelajak yo‘lini topishida ko‘maklashish, talim jarayoniga bo‘lgan rag‘batni oshirishdir. Kelgusida "Baxtli maktab" loyihasini shahardagi barcha umumiy o‘rta talim maktablarida amalga oshirib, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga keng jalb etish ko‘zda tutilgan.


Sh. Suyarov, O‘zA