FOTOREPORTAJ
Tanlov buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Uning viloyat bosqichida 28 nafar 6-10-sinf o‘quvchilari uch shart asosida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev qatnashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Davlatobod tumanidagi 3-DIMIning 8-sinf o‘quvchisi Ruhshona Abdug‘aniyeva hamda Chortoq tumanidagi 1-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov birinchi o‘rinni egallab, bellashuvning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
[gallery-26190]
Ta’kidlash kerak, mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar safi keyingi yillarda sezilarli ortmoqda. O‘tgan yili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9324 nafar o‘quvchisi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 41 ming nafarni tashkil etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA