Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda (+video)
21:49 / 2025-01-20

Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, harbiy bo‘linmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagi Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbir o‘quvchi-yoshlar hamda soha faxriylari ishtirokidagi “Uch avlod uchrashuvi” bilan boshlandi. Unda faxriylar, ofitserlar o‘z tajribasi, ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi. 

[gallery-21319]

So‘ng yoshlar Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasida bo‘ldi. Ishtirokchilarga Milliy gvardiya hamda Qo‘riqlash xizmati faoliyati, maxsus texnika va jihozlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Hududlar xavfsizligi, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida Milliy gvardiya bo‘linmalarining asosiy yo‘nalishlari aytib o‘tildi. Tadbir doirasida yoshlar xizmat otlarida sayr qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 

Kamondan otish sport turi bo‘yicha tashkil etilgan mahorat darslarida o‘g‘il-qizlar merganlik mahoratini sinab ko‘rdi. Shuningdek, stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar uyushtirildi. 

Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SlbIWHFw15Y" title="Oʻquvchilar harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA