Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida bo‘ldi
17:20 / 2026-02-27

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Yoshlar kuni” doirasida "Akademiyada bir kunim" shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda umumta’lim maktablarining 100 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlari, ularning murabbiylari va ota-onalari, FVV akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, yoshlar o‘quv minorasining 4 qavatidan jabrlanganni qutqarish hamda o‘zini-o‘zi qutqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni kuzatdi.  

Shundan so‘ng, akademiya katta stadionida zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyish etildi. Har bir texnik vositaning imkoniyati, favqulodda vaziyatlardagi o‘rni va samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Shuningdek, yoshlar Axborot-resurs markazida tashkil etilgan kitobxonlik soatlarida ishtirok etib, qutqaruvchilik, yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi, huquqshunoslikka oid va turli badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quv auditoriyalarida kursantlarning dars jarayonini kuzatish orqali yoshlar o‘zlari uchun motivatsiya oldi.

Yakunda sport va intellektual tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar akademiya rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi. Orkestr jamoasining konsert dasturi esa tadbirni ko‘tarinki ruhda yakunladi.  

Mazkur tadbir yoshlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Zero, "Qutqaruvchi" bo‘lish – sharaf, mas’uliyat,  Vatan oldidagi sharafli burch.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA