FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining shahar, tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiadaning ochilish marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev ishtirok etib, barcha o‘quvchilarga omad tiladi va jarayonlarni kuzatib bordi.
[gallery-19955]
O‘quvchilar olimpiadada tarix va geografiya fanlari bo‘yicha bellashmoqda. 30 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratilgan. Jarayonlar to‘liq videokameralar nazoratida bo‘lib, ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan.
Ta’kidlash kerak, asosiy fan olimpiadasining shahar, tuman bosqichlarida jami 39 ming 530 nafar surxondaryolik o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA