Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” mamlakat ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi o‘quvchi-yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib, konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovda ishtirokchilar hudud ekologiyasi, huquqiy savodxonlik, targ‘ibot va eng yaxshi ekologik loyiha yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini keng namoyish etdi.


Tanlov yakunida tumandagi 39-maktabning “Tafakkur” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin 5-maktabning “Green Pulse” jamoasiga nasib etdi. 6-maktabning “Eko muhofaza” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.


G‘oliblar ko‘rik-tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA