French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar 2-bosqich imtihonlarini topshirdi
20:06 / 2023-07-26

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.  

Imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun  Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hamkorlikdagi tayyorgarlik ishlari olib borildi.

[gallery-12915]

Ta’kidlash joiz, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 20 iyundan 10 iyulga qadar davom etgan bo‘lib, jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan. Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 2 116 ta, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 2 880 ta, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 13 835 ta hujjat qabul qilingan.

Ikkinchi bosqich kirish imtihonlari 25-26 iyul kunlari o‘tkazildi.  

Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA