Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchida 50 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi
16:30 / 2025-12-23

Jizzax shahrida maktab o‘quvchisida pirotexnika vositalari topilishi holati jamoatchilik va ota-onalar e’tiborini yana bir bor bolalar xavfsizligi masalasiga qaratdi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining xodimlari “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida shaharning “Ulug‘bek” MFY hududida maktab o‘quvchisini to‘xtatib, tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruvda o‘quvchining yonidan 1 quti, jami 50 dona pirotexnika vositalari aniqlandi va hujjatlashtirildi.

Holat yuzasidan bolaning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli jarima jazosi qo‘llandi.  

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri