French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqti samarali o‘tmoqda
12:56 / 2023-05-12

FOTOREPORTAJ

O‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, bilim va iste’dodini yuksaltirishda joylarda faoliyat yuritayotgan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining ham munosib hissasi bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 ta tuman va shahar hamda 1 ta Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud. Ularda tashkil etilgan to‘garaklarga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 24 ming 180 dan ziyod o‘quvchi qamrab olingan.  

[gallery-11846]

To‘garaklar “Madaniyat va san’at”, “Texnika”, “Konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” hamda “Xorijiy tillar” yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan. Ularda tahsil olayotgan yoshlar mamlakat hamda xalqaro miqyosidagi festival, ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.  

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA