FOTOREPORTAJ
Nukus gornizonida Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi hamkorligida “Harbiy qismda bir kunim” mavzusidagi harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Unda shahardagi 32-umumta’lim maktabining o‘quvchi-yoshlari harbiy xizmatchilarning kundalik ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
[gallery-26447]
Tadbirda ishtirokchilarga dastlab harbiy kiyimlar taqdim etildi. So‘ng ular jismoniy tarbiya, safda yurish, muzeyga sayohat va qurol-aslahalar ko‘rgazmasida qatnashdi. Yoshlar shuningdek, okrug kutubxonasida ham bo‘ldi. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan o‘q otish xonasida yoshlar o‘z merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Kunning ikkinchi yarmida dala o‘quv mashg‘ulotlarida qurol-yaroq va asbob-uskunalardan foydalanish bo‘yicha ishtirokchilarga ko‘rsatmalar berilib, harbiy birlikni, hushyorlikni va chidamlilikni oshiruvchi mashqlar o‘tkazildi. Harbiy qismda yaratilgan sharoit, shuningdek jangovarlikni oshirishga qaratilgan mashqlar hamda harbiylarning bergan foydali maslahat va ko‘rsatmalari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakuniga bag‘ishlangan marosimda harbiy orkestr ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar ostida faol ishtirokchilarga “Komandir faxriy yorlig‘i” topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA