Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchi-yoshlar harbiy qismda bo‘ldi
08:00 / 2025-01-10

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda “Mard askar – yoshlarga namuna” g‘oyasi asosida “Chaqiriluvchilar kuni” tadbiri o‘tkazildi.  

Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlar uchun Qurolli Kuchlarning tuzilishi, harbiy xizmat turlari, chaqiriq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul tartibi, harbiylarga beriladigan imtiyozlar haqida keng ma’lumot berish, bu borada bilim va tasavvurlarini yanada boyitish uchun maxsus pavilonlar tashkil etildi. O‘z navbatida bir guruh faol yoshlar e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.

[gallery-21193]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA