Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchi va o‘qituvchilarning ijodi “Oltin kuz”da aks etdi (+video)
21:18 / 2023-12-01

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida “Oltin kuz” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda Jolliboy Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilari va ustozlarining rangtasvir asarlari, shuningdek, gilamchilik, kashtachilik, kulolchilik  yo‘nalishida yaratilgan ijod namunalari namoyish etilmoqda.  

Ochilish marosimida so‘z olganlar ko‘rgazmadan joy olgan ijodiy ishlarni e’tirof etib, yosh iste’dodlar va ularning ustozlariga kelgusi ishlarida omad tiladi.  

[gallery-14846]

Miyras Perdebayev, Aytgul Eshaonova, Alpomish Aytjonov, Hurliman Begmanova kabi o‘quvchilar hamda pedagoglar – Najimatdin Shukrillayev, Oralboy Jartiboyev, Qanshayim Kemalova va Go‘zal Gubenovalarning ijodiy ishlari ayniqsa, ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.  

Ko‘rgazmada faol qatnashgan iqtidorli yoshlar va o‘qituvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/axmHv8s0pjQ" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar.