Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchi-qizlar sport dasturlash bo‘yicha bellashdi
13:03 / 2025-04-07

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida sport dasturlash bo‘yicha “ICT4Girls” O‘zbekiston o‘quvchi-qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Unda barcha hududlar – 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida tahsil oluvchi jami 400ga yaqin qiz ishtirok etib, “Yandex Contest” platformasida berilgan masalalarni ishladilar.

Har bir hudud kesimida eng yuqori natija ko‘rsatgan kamida 3 nafar qiz Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 12 nafar qiz “ICT4Girls” olimpiadasi g‘olibi deb topilib, Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etish uchun o‘zaro bellashadi.

N.Rahmonova, O‘zA