Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xizmat qilayotgan harbiylar ishtirokida Ichki ishlar boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi va tibbiyot xizmatlarining malakali xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish va boshqarish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, ob-havo harorati past va murakkab sharoitlarda transport boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Shu bilan birga, favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va zarur harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha ham amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.


Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Davron Sulaymonovning fikriga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning xizmat davomida shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va jamoat xavfsizligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega. O‘quv mashg‘ulotlari orqali harbiylar ham nazariy bilimlarini, ham amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, favqulodda vaziyatlarda tez va samarali harakat qilish qobiliyatini rivojlantiradi.


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri