Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quv markazidagi yoshlarning salomatligi nazoratda
12:34 / 2026-01-13

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 20 nafar o‘quvchi yoshlarning salomatligi yomonlashgani haqidagi holat yuzasidan tuman hududida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbiri o‘tkazildi

Mazkur o‘quvchilarning ahvolini baholash va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida o‘quv markazi binosida Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasidan 8 nafar hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan 11 nafar yetakchi mutaxassis shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Jami 123 nafar o‘quvchi to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida mobil poliklinika, ko‘chma DELFT rentgen apparati, ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG) hamda zamonaviy laboratoriya xizmatlari samarali yo‘lga qo‘yildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jiddiy kasalliklar aniqlanmadi. Hozirgi paytda davolanishga ehtiyoj mavjud emas, barcha o‘quvchilarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu masala doimiy nazoratda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.