Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quv kurslari tuzilmasini sun’iy immun tizimi yordamida optimallashtirish
17:49 / 2025-12-17

Otabek Murot o‘g‘li BOYNAZAROV o‘qituvchi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Toshkent, Oʻzbekiston boynazarovotabek0712@mail.ru

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy immun tizimi (SIT) metodlari asosida o‘quv kurslari tuzilmasini optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv ta’lim modullarining mazmunini avtomatik tahlil qilish, ortiqcha yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mavzularni aniqlash, shuningdek, tayyorlov maqsadlariga mos optimal o‘quv traektoriyalarini shakllantirish imkonini beradi. Immun xotirasi va antitanachalar tanlovi mexanizmlaridan foydalanish modelning moslashuvchanligini ta’minlaydi hamda o‘quv rejalaridagi o‘zgarishlarga samarali javob berish imkoniyatini yaratadi. Olingan natijalardan sun’iy immun tizimi metodlaridan ta’lim dasturlarini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishda samarali foydalanish mumkin.

Tayanch so‘zlar: sun’iy immun tizimi, optimallashtirish, ta’lim dasturi, o‘quv kursi, adaptiv algoritmlar, intellektual tizimlar, modellashtirish, o‘quv traektoriyasi.