Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar saylov uchastkalarining o‘zida o‘tkazilmoqda
12:07 / 2024-10-09

Bu haqda Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi xabar berdi.

Unda ta’kidlanishicha, Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 24 maydagi “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.  

Bu mashg‘ulotlar hududdagi 1 ming 38 ta saylov uchastkasining o‘zida o‘tkazilmoqda va unda uchastka saylov komissiyalarining barcha – 10 ming 524 nafar a’zosi ishtirok etmoqda. Saylovga bog‘liq har bir jihat oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari orasidan shakllantirilgan 85 nafar trener tomonidan joyida tushuntirib berilmoqda.  

Har bir uchastka kesimida o‘quv reja jadvali tasdiqlangan bo‘lib, o‘quvlar joriy yil 14 oktyabrga qadar davom etadi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri