Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi va unda erishilgan kelishuvlar mintaqa xalqlari orzu-intilishlarining namoyoni bo‘ldi.
Ushbu sammit kelgusida Yangi Markaziy Osiyo hamkorlik formatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun keng jamoatchilik vakillari, siyosatchilar, ekspertlar, deputatlar mazkur anjumanning mintaqada strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishdagi o‘rnini yuqori baholamoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova ushbu Maslahat uchrashuvining ahamiyati va unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar haqida o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, davlatimiz rahbari tomonidan Oqsoqollar kengashini tuzish taklifi bildirildi. Bu esa azaliy qadriyat va an’analarimizga sodiq ekanimizni, har bir tashabbusni aynan qadriyatlarimizga asoslangan holda qabul qilishimizni yana bir bor isbotladi. Oqsoqollar kengashining tuzilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash va qadriyatlarni unutmagan holda rivojlanish konsepsiyasini ilgari surishga yordam beradi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/APqE_OXCbKA" title="Oqsoqollar kengashi mintaqada qadriyatlarga tayanib rivojlanishni ta’minlaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA