Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolar qo‘llab-quvvatlanmoqda
16:47 / 2021-06-24

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy yil 36 ming 575 tonna davlatga don yetkazib berish reja qilingan bo‘lib, hozirda shartnomaviy reja 85 foizga bajarilgan.

Hududda g‘alla hosili yig‘ib olinishi bilan yer maydonlari "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kirgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish, o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda ekin maydonlaridan foydalanish uchun zarur sharoit yaratilayapti.  

Bu ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov tumandagi "Tolovul" MFYda joylashgan "Abdunosir G‘ulom" fermer xo‘jaligida bo‘ldi. U yerda asosiy e’tiborda bo‘lgan hududdagi "Ayollar daftari"ga kirgan bir guruh xotin-qizlarning sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Mazkur hududdagi 121 nafar ishsiz ayolga g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekishi uchun 25 sotixdan tuman mutasaddilariga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, D.Hidoyatov hududdagi Hamid Olimjon mahallasidagi "Obod qishloq" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.  

Dastur asosida mahallaga 825 million so‘m ajratilgan bo‘lib, 16,8 kilometr masofaga ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini ta’mirlash ishlari ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, bu yerda 62,5 million so‘mga 5 ta sug‘orish qudug‘i yangidan quriladi.

Ayni paytda aholini suv bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan vazifalar sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani viloyat hokimi tomonidan tanqid qilindi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

 

A.Musayev, O‘zA