Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qotar qurollar muomalasi ustidan davlat nazorati kuchaytiriladi
09:44 / 2025-12-12

Davlatimiz rahbarining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligida  mutasaddi vazirlik va idoralar, jumladan, barcha huquq-tartibot organlari mas’ul rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu masalaga e’tibor qaratildi. 

Tadbirda farmonda belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish, jumladan, o‘qotar qurollar muomalasi ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar, idoralararo hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish, sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi. 

Sohada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida 2026 yil uchun mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilab olindi. 

Mazkur dastur farmonda nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni kompleks tarzda amalga oshirish, sohaga oid ishlarni tizimli ravishda davom ettirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova,

O‘zA