Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqoltinliklar uchun yangi imkoniyatlar
17:18 / 2023-10-03

Guliston tibbiyot klasterining Nefrologiya va gemodializ bo‘limida gemodializ muolajalarini olib kelayotgan oqoltinlik bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazida Nefrologiya – gemodializ bo‘limi ish boshladi.

Mazkur bo‘limga Germaniyadan keltirilgan “sun’iy buyrak” apparati buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga malakali va sifatli gemodializ xizmatini ko‘rsatish imkonini beribgina qolmay, moddalar almashinuvi jarayonida qon tarkibida hosil bo‘lgan zaharli moddalar va ortiqcha suyuqlikni tozalashda muhim rol o‘ynaydi.

– Ming afsuski, qandli diabet surunkali glomerulonefrit va piyelonefrit, buyrak polikistozi nefrologik kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti, – deydi Guliston tibbiyot klasterining Nefrologiya va gemodializ bo‘limi bosh mutaxassisi Valeriy Dyagilev. – So‘nggi vaqtlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan kasallangan bemorlar soni birmuncha ortgan. Yangi bo‘lim ishga tushirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari ham yaratilib, unda oqoltinlik mutaxassislar Guliston tibbiyot klasterining Nefrologiya va gemodializ bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Bu esa, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarning xastalikdan forig‘ bo‘lishiga katta yordam beradi.

Sh.Suyarov, O‘zA