Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqoltinda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi boshlandi
10:32 / 2025-06-02

Joriy yilgi mavsumda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida joylashgan klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 15 ming gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, undan yuqori hosil olinishi rejalashtirilgan.

Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Mavjud kombaynlar to‘liq ta’mirlanib, harakatga shay holatga keltirildi. Shuningdek, transport va boshqa texnika vositalari ham o‘rim-yig‘imga jalb qilindi.

O‘rim uchun tashkil etilgan otryadlarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash ishlari mutasaddi tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Ayni paytda tumandagi "Bobur qishloq xo‘jaligi" klasteri g‘alla maydonlarida o‘rim ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Shu bilan birga, o‘rim-yig‘im jarayonida ishtirok etayotgan ishchilar uchun oziq-ovqat, ichimlik suvi o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri