Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqoltin tumanida ham hokim o‘zgardi
14:16 / 2025-02-28

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Suvonov Husnitdin Yaxshilikovich nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.  

Sessiyada Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi.

G‘ulom Primov,

Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari