French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchining ustama puli to‘lab berildi
11:07 / 2023-02-01

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida ishlayotgan  olimpiadalarning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilar lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi ko‘rsatilgan.  

Lekin barcha idoralar ham ushbu qaror talablarini bajarmayapti. Xususan, Buxoro tumani 7-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi G.Jo‘rayevaga o‘tgan davr mobaynida 78 million so‘mdan ortiq ustama to‘lovlari to‘lanmagan. Fuqaro esa ushbu holatdan shikoyat qilib, viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.  

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganib chiqildi. Unga 78 million 276 ming 967 so‘m ustama to‘lovlari undirib berildi. Aybdor shaxslarga nisbatan esa qonunda belgilangan javobgarlik choralari ko‘rildi. O‘z navbatida inson huquqlarini himoya qilish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida adliya idoralari tomonidan har bir fuqaroning murojaati qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, buzilgan huquqlarini tiklash chorasi ko‘rilmoqda.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA