English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilarning kechirim so‘rashi bilan bog‘liq masala Bosh prokuraturaga yuborildi
14:32 / 2022-02-11

Ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan Andijon viloyati Marhamat tumanidagi o‘qituvchilarning ota-onalar oldida uzr so‘ragani yuzasidan Xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab o‘qituvchilari 300 dan ortiq ota-onalar oldida qadr-qimmati obro‘sizlantirilib, kamsitilib, yig‘lab kechirim so‘rashga majburlanib, ularning qonun bilan himoyalanadigan huquqlari poymol etilib, ishchanlik qobiliyatiga zarar yetkazilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar to‘plandi. 

Tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirdagi voqealar hamda bir qator mas’ullarning harakatlariga qonuniy baho berilishini ta’minlash uchun to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi. 

Mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. 

F.Yahyoyev, O‘zA