O‘qituvchilarning bilim va malakasi sinovdan o‘tdi
Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “O‘qituvchilar olimpiadasi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadada matematika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mazkur olimpiada pedagoglarning bilim va malakasini sinovdan o‘tkazish, tajriba almashish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jarayon pedagoglarning nazariy bilimi bilan birga, amaliy tajribasini ham sinovdan o‘tkazmoqda. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchilarning innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, ularda zamonaviy metodlarni dars jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Olimpiada g‘oliblari respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-25283]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA