Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar uchun o‘quv kurslari boshlandi
14:14 / 2025-11-12

Respublika Sport hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining qo‘shma qaroriga muvofiq, Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jismoniy tarbiya sohasi mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursida viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari zamonaviy uslublar va amaliy mashg‘ulotlar asosida bilim oshirmoqda. Mashg‘ulotlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining murabbiy-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. 

Joriy yilning 29 noyabriga qadar davom etadigan mazkur tadbir ta’lim tizimida jismoniy tarbiya sifatini yanada oshirish, yosh avlod o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.