Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar uchun maktablarda yagona majburiy forma joriy etilishi mumkin
11:48 / 2022-07-30

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori asosida poytaxt maktablarining o‘qituvchilariga maktab formasi olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratilganligi xususidagi xabar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda yurtimizdagi maktab o‘qituvchilari uchun mamlakat miqyosida belgilangan va tasdiqlangan yagona majburiy forma turi mavjud emas. 

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli buyrug‘iga asosan, tizim xodimlarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari belgilangan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar maktab darajasida belgilangan dress-kod talablariga rioya qilishlari zarur. 

Belgilangan tartibga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘z kasbiga xos bo‘lgan kiyimda bo‘lishi lozim. Bu esa  o‘quvchilarda o‘z ustozi shaxsiyati va kasbiga bo‘lgan hurmatining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. 

Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar hokimligining poytaxt maktablari o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi yo‘lidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqa hudud hokimliklarini ham o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashda faollikka chaqirib qoladi. 

O‘zA