Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar uchun ilg‘or metodikalarni o‘rganish imkoniyati taqdim etildi
10:06 / 2022-06-07

Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi doirasida aloqalarni kengaytirish, jumladan, ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida shu yil ilk marotaba tashkil etilayotgan "1-O‘qituvchilar almashinuv dasturi"da o‘zbekistonlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tadbir Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, tadbirda Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Vengriya davlatidan o‘qituvchilar qatnashmoqda.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.  Joriy yilning 6 iyunidan 12 iyuniga qadar davom etadigan mazkur tadbirda ilg‘or metodikalarni o‘rganish, a’zo mamlakatlarning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos tomonlari hamda Turkiyaning yetakchi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.  

Bir hafta davomida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ta’lim tizimidagi ilg‘or metodikalarni o‘rganib qaytadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA