Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar sanatoriylarda bepul dam olib, sog‘lomlashish imkoniyatidan foydalanmoqda
12:39 / 2021-06-18

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 2021 yilda xalq ta’limi tizimidagi bir guruh xodimlarni sanatoriylarda dam olishmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida Kasaba uyushmalari federatsiya tasarrufidagi 22 ta sanatoriylarda o‘n kun davomida 2 148 nafar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, metodistlari, umumta’lim muassasalari direktorlari salomatliklarini mustahkamladilar.

Mazkur dam olish sanatoriylarida xodimlar oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana vaznining oshishi (metobolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, o‘t qopi, oshqozon yarasi, asab tizimi, yurak qon tomir, jigar, surunkali buyrak, tayanch-harakat a’zolari, asab, ovqat hazm qilish a’zolari va ginekologik, nafas olish, yuqori nafas yo‘llari va nevrologik, urologik, endokrinologik kasalliklar, qon aylanish tizimi a’zolari, teri tanosil va boshqa xastaliklarni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha muolajalar olmoqda.

Shuningdek, kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy bo‘limlari va sanatoriy ma’muriyati tomonidan sanatoriyda dam olayotgan xodimlarni muolajadan bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning iyun oyidan sentyabr oyiga qadar yuqorida qayd etilgan Farmonga muvofiq tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.

O‘zA