Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar malaka test sinovlarini topshirmoqda
11:57 / 2025-10-24

FOTOREPORTAJ

Buxoroda umumta’lim maktablari o‘qituvchi-pedagoglarining malaka test sinovlari qizg‘in davom etmoqda. 

44-umumta’lim maktabida tashkil etilgan test sinovlarining shaffof va sifatli o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha sharoit yaratilgan. Ingliz, nemis, fransuz va tojik tili fanlaridan o‘tkazilgan sinovlarda 600 nafardan ziyod o‘qituvchi ishtirok etdi. 

[gallery-25895]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan malaka test sinovlari joriy yilning 21 oktyabridan 12 noyabriga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Sinovlar belgilangan fanlar bo‘yicha o‘z muddatlarida o‘tkaziladi. 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA