English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar malaka test sinovidan o‘tmoqda
15:38 / 2025-10-24

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malaka test sinovlari Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida tashkil etilgan Malaka sinov markazida o‘tkazilmoqda.  

Keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning bilim va malakasini yuksaltirish, baholash, shu orqali ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, daromadini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu kunlarda davom etayotgan malaka test sinovlari ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomidir.  

Test sinovlarining birinchi kunida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 800 nafar rus, tojik, turkman, qirg‘iz, qozoq tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-25904]

Belgilangan fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan test sinovlarida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 15 ming 850 nafar o‘qituvchisi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA