French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar aholini ro‘yxatga olish ishlariga majburiy jalb qilinadi..mi?
12:32 / 2026-01-17

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilar aholini ro‘yxatga olish ishlariga majburiy jalb qilinayotgan bo‘lishi mumkin” mazmunidagi ma’lumot tarqaldi.

Ushbu holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Beruniy tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jami 76 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotgani, maktab jamoasi to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilgani, o‘quvchilarning ota-onalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘qituvchilarga hech qanday topshiriq berilmagani, shuningdek, pedagog xodimlar majburiy qo‘shimcha ishlarga jalb etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2026 yilning 15 yanvaridan 28 fevraligacha mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga olish ishlari mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim muassasalarida pedagog xodimlarni ularga tegishli bo‘lmagan ishlarga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor eslatadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA