Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom
10:43 / 2023-10-01

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan qutladi va davlatimiz rahbarining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Tabrikda qayd etilganidek,  so‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli mamlakatimizda ko‘plab yangi bog‘chalar, maktab va oliy tahlim muassasalari barpo etilmoqda. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodi yaratilmoqda.

Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasini 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga, oliy o‘quv yurtlarimiz sonini 77 tadan 212 taga yetkazishga erishganimiz, hech shubhasiz, eng muhim yutug‘imizdir.

[gallery-13834]

So‘nggi besh yil mobaynida Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 318 tadan 1654 taga, bolalarni qamrab olish darajasi 27,6 foizdan 80 foizga yetkazildi. Umumiy ta’lim maktablari soni 706 tadan 722 taga, oliy ta’lim muassasalari soni esa 6 tadan 12 taga oshdi.  Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 14,2 foizdan  41,8 foizga yetdi.  

Iste’dodli yoshlarimizni o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida hududda Prezident ta’lim  muassasalari agentligi tizimida 18 ta  ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil qilindi.  

Prezidentimizning alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli joriy yilda jami 9 ming 500  nafar yosh qo‘shimcha kvota asosida talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Shundan 113,5 dan yuqori ball to‘plagan 3 ming nafar yosh davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

Tadbirda soha fidoyilariga mamlakatimiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasining faxriy unvonlari, orden va medallari, ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali tadbir san’at ustalari konserti bilan yakunlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/D3tK8Tph5lQ?si=mdmDfBGMByrg3H4f" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari.