O‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom
Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganidek “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir". Haqiqatdan ham shunday. bugungi kunda yoshlarni innovatsion va kreativ fikrlaydigan, vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashda maktab va u yerda ishlaydigan o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni va xizmatlari beqiyos.
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida va Urganch shahar milliy madaniyat markazida "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat va Urganch shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan madaniy, ma’rifiy tadbirlarda shular haqida so‘z bordi.


Ustoz va murabbiylar, fidoyi o‘qituvchilar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirlarga san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar o‘zgacha shukuh bag‘ishladi
O‘zA