English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi va murabbiylar mehnati e’tirof etildi
16:41 / 2025-09-17

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tuman hokimligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim sohasi fidoyilariga izzat-hurmat ko‘rsatilib, ularga pul mukofotlari berildi.

Hozirgi kunda tumanda 43 ta umumta’lim maktabi va 32 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’lim maskanlarida 1 772 nafar pedagog yosh avlodga bilim berish, ma’naviy tarbiya berish va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish yo‘lida mehnat qilmoqda.

Tadbirda tuman hokimi Azizbek Turdimurodov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, tumandagi ta’lim muassasalariga  zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda noutbuklarni topshirdi.

1-sonli umumta’lim maktabi direktori Shohida Dadamirzayeva o‘z taassurotlarini bayon etar ekan, jumladan shunday dedi: – Bunday e’tibor biz uchun katta quvonch va ilhom manbai bo‘ldi. Bizga berilgan yangi texnika vositalari  esa ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etishga yordam beradi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri