Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘qituvchi” olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
17:36 / 2025-09-10

Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “O‘qituvchi” olimpiadasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv ikki bosqichda o‘tkazilib, unda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan matematika, informatika va axborot texnologiyalari hamda biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Olimpiadaning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va bilim salohiyatini oshirish, ularda zamonaviy ta’lim jarayoniga mos yondashuvlarni rivojlantirishdan iborat.

Dastlab matematika, keyin esa biologiya fanlari bo‘yicha hududiy bosqich sinovlari o‘tkazildi. Unda jami 51 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar bilim va ko‘nikmalarini test sinovlari hamda dasturlash yo‘nalishida namoyish qilishdi. Olimpiada nizomiga ko‘ra, ular 2 soat 30 daqiqada 40 ta test topshirig‘ini yechishi, shuningdek, 4 soat ichida 5 ta dasturlash masalasini bajarishi lozim edi. Barcha fanlar bo‘yicha test sinovlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.

Belgilangan tartib asosida har bir fan kesimida 5 nafar g‘olib aniqlandi. Ular Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmalar bilan taqdirlanishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri