English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi maqomi mustahkamlanmoqda
14:37 / 2023-03-27

Yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Tariximizda ilk bora “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat”, deb belgilanmoqda.

Ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlanayapti. Bu tamoyil “Adolat” SDPning ham asosiy maqsad-vazifalarida ifoda etilgan.  

Bosh qomusimizda davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan shakllanib borishiga urg‘u berilgani ham bejiz emas.  

Ta’lim sifatini zamonaviy bilimlarga ega, hayotdan rozi o‘qituvchisiz ta’minlab bo‘lmaydi. Shu bois,  o‘qituvchining  ijtimoiy va moddiy farovonligi haqida qayg‘urish, uning hurmatini  joyiga qo‘yish  davr talabidir. Yangi norma davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktablar va o‘qituvchilar faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishiga, o‘qituvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha   to‘laqonli choralarni ko‘rishga olib keladi.    

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wFQjlBb-1ko" title="O‘qituvchi maqomi mustahkamlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Kiritilayotgan norma soha vakillarining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.    

 Shahnoza G‘aniyeva,  

O‘zbekiston “Adolat” SDP  

Farg‘ona viloyat Kengashi raisi.

O‘zA